Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida yangi korxonalar ish boshladi
  • Yangiliklar
  • 18:10 20.03.2025
  • 65
  • Halqaro hamkorlik

Navro‘z bayrami arafasida “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida Yakka tartibdagi tadbirkor Rahmatullo Abdullayev tomonidan tashkil etilgan korxona ham ish boshladi, bu yerda MDF eshik va romlar ishlab chiqariladi. 10 milliard so‘mlik loyiha doirasida 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Yana bir yakka tartibdagi tadbirkor Muhammadjon Ahmadjonov tomonidan tashkil etilgan korxona eshik va romlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, loyiha qiymati 15 milliard so‘mni tashkil etadi. Bu yerda 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 

Zamonaviy texnologiyalar asosida ish yuritadigan ham ikki korxona ham mahalliy bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga hissa qo‘shadi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati