15:15 05.05.2025“Oila-mahalla-ta’lim” tamoyili asosida Yangi Namangan tumanida maktab bitiruvchi qizlar o‘rtasida qizlar forumi tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish, bilim va kasb-hunarga qiziqishini kuchaytirishdan iboratdir.
Forum doirasida osh musobaqasi, modalar namoyishi, ko‘ngilochar konsert dasturlari tashkil etildi. Shuningdek, namunaviy oilalar farzandlari va ularning ota-onalari maxsus taqdirlandi.
Tadbir yoshlar tarbiyasida oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning muhimligini yana bir bor tasdiqladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati