Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik muhokama qilindi
  • Yangiliklar
  • 13:35 23.04.2025
  • 63
  • Xabarlar

Joriy yilning may-iyun oylarida mamlakatimizda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Yangi Namangan tumanida saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya a’zolari ishtirokida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi.

Yig‘ilishda saylov jarayonlarini ochiq, oshkora va adolatli tashkil etish, komissiya a’zolarining huquq va majburiyatlari, hamda saylov qoidalari atroflicha muhokama qilindi. Komissiya a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, saylovlarni yuqori saviyada tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha saylov jarayonlarini samarali va shaffof o‘tkazishga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati