Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida Besh tashabbus paralimpiadasi musobaqasi boshlandi
  • Yangiliklar
  • 12:25 23.04.2025
  • 51
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanidagi 2-maktabda Besh tashabbus doirasida imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida paralimpiada musobaqasiga start berildi. Unda tumanning turli hududlaridan tashrif buyurgan 700 nafardan ziyod havaskor sportchi 12 ta sport yo‘nalishi bo‘yicha bellashmoqda.

Musobaqaning asosiy maqsadi — imkoniyati cheklangan fuqarolarni jismoniy faollikka jalb etish, ularning ijtimoiy hayotga integratsiyasini ta’minlash va sport orqali yangi imkoniyat eshiklarini ochishdir.

Tadbirda tuman hokimi ishtirokchilarga ezgu tilaklarini bildirib, ularning qat’iyat va g‘ayratini yuksak baholadi. Ayniqsa, musobaqaning eng yosh ishtirokchisi bilan shashka o‘yinida kuch sinashgani tadbirga alohida iliqlik bag‘ishladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati