Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidagi 60-maktab kapital ta’mirlanadi
  • Yangiliklar
  • 11:30 23.04.2025
  • 297
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanida joylashgan 60-maktab investisiya dasturi doirasida kapital ta’mirdan chiqariladi. Loyiha doirasida maktabning kirish qismi, hovlisi, yozgi sport maydoni, sinf xonalari va sport zali mukammal ta’mirlanadi.

Maktabga kirishda piyodalar o‘tish yo‘lagi va yo‘l chiziqlari yangidan tashkil etiladi. Hovlidagi saf maydoni chiziqlari yangilanib, yo‘l harakati qoidalari xonasi barpo etiladi. Shuningdek, 360 graduslik kuzatuv kamerasi o‘rnatilib, sport maydonchasida workout zonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ishlar uchun taxminan 15 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. 

Tuman hokimi ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati