Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan — Gullar festivali arafasida o‘zgacha qiyofa kasb etmoqda
  • Yangiliklar
  • 09:05 23.04.2025
  • 179
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanida shahrimizning iftixoriga aylangan an’anaviy 64-Xalqaro Gullar festivali oldidan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Bu festival nafaqat go‘zallik va husn bayrami, balki mintaqaning turistik jozibadorligini namoyon etuvchi muhim madaniy voqea hisoblanadi.

Festival doirasida tumanning yuragi sanalmish Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab minglab turli xil gullar ekilib, yo‘l yoqalari bezakli gulxonalar va landshaft kompozisiyalari bilan fayzli maskanga aylantirilmoqda.

Tabiiy va sun’iy go‘zallik uyg‘unlashgan ushbu muhit, shubhasiz, festivalga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy mehmonlarda unutilmas taassurot qoldiradi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati