13:05 22.04.2025Aholi muammolarini o‘rganish va yechim topish maqsadida Yangi Namangan tumani hokimi “Sihatgoh” mahalasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolar bandlik, moddiy yordam, tibbiy xizmat, suv va elektr ta’minoti kabi masalalar yuzasidan murojaat bilan chiqdilar.
Murojaatlar mas’ul idoralar rahbarlari ishtirokida tinglanib, ko‘plab muammolar joyida hal etildi. Vaqt talab etuvchi masalalar esa tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati