11:25 22.04.2025Yangi Namangan tumanining “Saxovat” mahallasida joylashgan “Yoshlik” kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi “Vodiy super metal” MCHJ rahbaridan tuman hokimligiga murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat joyiga chiqilgan holda tuman hokimi va mas’ul idora vakillari tomonidan atroflicha o‘rganildi hamda hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Temirni qayta ishlashga ixtisoslashgan mazkur korxona loyiha qiymati 1,5 mlrd so‘m bo‘lib, hozirgi kunda 30 nafar mahalliy yoshni doimiy ish bilan ta’minlagan. 2024 yil davomida korxona tomonidan ichki bozorga 400 mln so‘mlik, tashqi bozorga esa 800 mln so‘mlik mahsulot yetkazib berildi. Asosiy eksport bozorlari — Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston.
Tuman hokimligi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, murojaatlarni tezkor hal etish va ishbilarmonlar uchun qulay muhit yaratishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati