10:05 22.04.2025Yangi Namangan tumanida 10 million dollarlik xorijiy investisiya asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Xitoyning Shin Xun kompaniyasi vakillari “Saxovat” mahallasidan yer ajratish orqali o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Bugun tuman hokimi xorijiy investor murojaati asosida ob’yektda bo‘lib, elektr ta’minoti, yo‘l va kadastr bilan bog‘liq masalalarni joyida o‘rgandi. Mavjud muammolarni zudlik bilan hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Tuman hokimligi loyiha muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyor ekanini bildirdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati