17:30 21.04.2025Yangi Namangan tumani hokimi “Istiqbol” ETK binosida tumandagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda xususiy sektor vakillari, ishbilarmonlar hamda mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Muloqotda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mavjud muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlar elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bildirib, o‘z takliflarini berishdi. Hokim tomonidan esa bu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar tadbirkorlik muhitini yaxshilash, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va tuman iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati